notícias musicais

top 13 artistas

top 13 musicas

Confira a Letra Yomg’ir

Shahzoda

Yomg’ir

sani man vafodor debman
qalbida vafo bor debman
ko'zlarimga tik boqmasding
uni man hayo bor debman

so'zingda shifo bor debman
dardimga davo bor debman
bormidi manda yo qasding?
sani man vafodor debman

mayda-mayda, maydalab yog'ar yomg'ir
yuzlarimni siypalab, yog'ar yomg'ir
tomchilari eslatar seni menga
yuragimni timdalab, yog'ar yomg'ir

kutmagan edim sandan hech
nogahon deding mandan kech
o'zimda xato bor debman
so'zimda xato bor debman

bergan va’dangdan kechdingmi?
yo niqobingni yechdingmi?
yuzingda ziyo bor debman
sani man vafodor debman

mayda-mayda, maydalab yog'ar yomg'ir
yuzlarimni siypalab, yog'ar yomg'ir
tomchilari eslatar seni menga
yuragimni timdalab, yog'ar yomg'ir

mani, yor, ado qilib ketding
tuzalmas xato qilib ketding
o'zing o'zgani, deya mendan
o'zingni judo qilib ketding

bag'rimni tilib-tilib ketding
yuragim yulib-yulib ketding
oh, nega sani yor debman?
sani man vafodor debman

mayda-mayda, maydalab yog'ar yomg'ir
yuzlarimni siypalab, yog'ar yomg'ir
tomchilari eslatar seni menga
yuragimni timdalab, yog'ar yomg'ir

Tracker